Superliga. 7-turda tomoshabinlar tashrifi: Namanganda mavsum rekordi, Qarshida esa...

Sherzod Nurmatov
8 may 2022, 19:24
Superliganing 7-turiga oid qiziqarli ma'lumot va faktlarni e'tiboringizga havola qilishda davom etamiz.

Ushbu turda stadionlarga jami 53 497 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Eng katta ko'rsatkich Namanganda bo'ldi, shuning bilan birga joriy mavsum rekordi ham qayd etildi. Shu kuni "Navbahor" – "Bunyodkor" uchrashuvini stadiondan bevosita 26 231 nafar inson kuzatdi. Ikkinchi eng yaxshi natija esa "Nasaf" – "Paxtakor" o'yinida – 15 500 kishi. Mazkur ko'rsatkich bu yil Qarshidagi "Markaziy" stadion uchun rekord hisoblanadi. "Olimpik" – "Dinamo" uchrashuviga 383 kishi keldi va bu turdagi eng past ko'rsatkich bo'ldi. 

7-turdagi 7 ta o'yiniga tushgan muxlislar soni:

"Navbahor" – "Bunyodkor": 26 231 nafar

"Nasaf" – "Paxtakor": 15 500

AGMK – "So'g'diyona": 4 675

"Metallurg" – "Qizilqum": 4 512

"Surxon" – "Qo'qon-1912": 1 297

"Neftchi" – "Lokomotiv": 946 

"Olimpik" – "Dinamo": 383 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia