

21 yoshli xavbek Ispaniya Superkubogi finali doirasidagi "Atletiko"ga (0:0, 4:1 penaltilar seriyasida) qarshi o'yinda qizil kartochka olgan edi.
O'yinning qo'shimcha vaqtlarida futbolchi so'nggi umid ilinjida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan Alvaro Morataning oyog'idan tepib yiqitgan edi.
Aksariyat vaziyatlarda o'yinchi qizil kartochka olsa, keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi. Valverdening foli esa o'yinda hisob ochilmasligini taminladi. Ammo, Valverdega ortiqcha jazo berilmadi va u faqatgina La Liganing 20-turi doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Valverde qizil kartochka oldi va o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi



