Taqvimga ko'ra, Qizilqum jamoasi yangi mavsumning ilk o'yinini 15 mart kuni safarda Toshkentning Bunyodkor futbolchilari bilan o'tkazadi.
Qizilqum futbol klubi mamuriyati matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida akkreditatsiya jarayoni boshlanganini ma'lum qiladi. Maxsus beyjikka ega bo'lgan jurnalistlar Navoiy shahridagi So'g'diyona stadionida o'tkaziladigan milliy chempionat hamda O'zbekiston kubogi bahslari chog'ida matbuot va OAV vakillari uchun ajratilgan maxsus sektordan o'yinlarni kuzatish, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan nashr, TV hamda radio vositalarida uchrashuvni batafsil yoritish imkoniga ega bo'ladilar. Shuningdek, stadionga tekin kirib, matbuot anjumanlarida bevosita ishtirok etadilar.
Buning uchun matbuot va OAV xodimlari o'zlari ishlayotgan tashkilotdan Qizilqum futbol klubi Ijrochi direktori Hamid Aktamov nomiga xat, pasport nusxasi va ikki donadan 3X4 hajmdagi suratlarini 17 martga qadar taqdim etishlari zarur.
Murojaat uchun telefonlar: +998933166074, +998792231503.
Eslatib o'tamiz, Qizilqum jamoasi o'z maydonidagi ilk uchrashuvni 23 mart kuni o'tkazadi. Unda navoiyliklar Andijon vakillari bilan kuch sinashadi.