

Mashg'ulotlar “Bunyodkor” futbol maktabi stadionida o'tkazildi. Yig'in doirasida futbolchilarimiz “Qo'qon-1912” jamoasi (1:1) bilan kuch sinashishdi.
Kecha yig'in doirasida so'nggi mashg'ulotlarni o'tkazgan “Qizilqum” futbolchilariga qisqa muddatli tatil e'lon qilindi. Jamoa a'zolari 14 oktyabr kuni Navoiyda to'planishadi va oliy liganing 25-turidagi raqibi - “Lokomotiv”ga qarshi tayyorgarlikni boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, jamoamiz Oliy liga 24-turi doirasida 13 oktyabr kuni Navoiyda “Obod” jamoasi bilan kuch sinashishi lozim edi. Ammo O'zPFL ijroqo'mi qarori asosida “Obod” jamoasi oliy ligadan chetlatildi. Shu bois “Qizilqum” – “Obod” bellashuvi o'tkazilmaydi. Jamoamizga esa texnik g'alaba yoziladi.
“Qizilqum” matbuot xizmati.




