

Bu futbolchi 2011 yil Meksikada o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatidagi o'yinlari bilan muxlislarga juda yaxshi tanish. Iqtidorli va umidli yarim himoyachi bugun o'zining yigirma ikki yoshini qarshi olmoqda.
Fursatdan foydalanib, “Qizilqum” PFK mamuriyati, jamoa a'zolari va ko'p sonli muxlislar nomidan Nordirxon Kamolovni tug'ilgan kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik va katta futbolda ulkan yutuqlar tilaymiz.



