"Qizilqum" sobiq futbolchisi unga qizil kartochka ko'rsatgan hakamga Zidan uslubida zarba berdi

Omonjon To`xtamirzayev
8 noya 2023, 14:48
Chetlatilgan o'yinchi maydonda atigi 20 daqiqa harakat qildi.

Ukraina Birinchi ligasining 15-turidan o'rin olgan "Gornyak-Sport" – "Dinaz" (2:0) uchrashuvida g'aroyib voqea sodir bo'ldi

Uchrashuvning antiqahramoni "Dinas" hujumchisi Vyacheslav Shevchenko bo'ldi. Futbolchi tanaffusdan so'ng maydonga tushdi, ammo atigi daqiqa maydonda harakat qildi. Forvard 64-daqiqada sportga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun qizil kartochka oldi.  Ushbu vaziyat aks etgan videoni TELEGRAM-kanalimizda tomosha qilishngiz mumkin.

38 yoshli Shevchenko unga qizil kartochka ko'rsatgan hakamga yaqinlashib, Zinedin Zidanning JCH-2006 finalidagi afsonaviy zarbasini takrorlashga harakat qilib ko'rdi, ammo urinish u qadar muvaffaqiyatli chiqmadi.

Endi futbolchining xatti-harakatlari o'rganilib, unga tegishli jazo tayinlanadi.

Eslatib o'tamiz, Vyacheslav Shevchenko faoliyati davomida O'zbekistonning "Lokomotiv" va "Qizilqum" klublari libosida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia