"Qizilqum" Shodiev, Xonimqulov va Allaniyazov bilan xayrlashadi

29 iyun 2017, 12:01
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi davralar oralig'ida tarkibida bir qator o'zgarishlarga qo'l uradi.


"Qizilqum" klubi hujumchilari Vohid Shodiev, Azamat Allaniyazov va darvozabon Umid Xonimqulov ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazadi.

Navoiyliklar ushbu futbolchilar bilan bitimni bekor qilishmoqchi.

Hamidjon Aktamov bir necha bor hujum chizig'i vakillarining o'yinidan qoniqish xosil qilmayotganini ta'kidlab kelgandi.

Umid Xonimqulov esa birinchi davrada Artyom Makosinga raqobatda yutqazdi va asosan zaxirada qoldi.

Tez orada "Qizilqum" safida yangi hujumchilar paydo bo'lishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia