"Qizilqum" serbiyalik legionerni o'z safiga qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2025, 12:07
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan "Qizilqum" klubi navbatdagi transfer bo'yicha kelishuvga erishdi.

O'tgan mavsumda Samarqandning "Dinamo" jamoasida to'p tepgan serbiyalik tajribali himoyachi Dushan Miyich endilikda "oltin izlovchilar" sharafini himoya qiladi. Klub rahbariyati futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Dushan Miyich haqida:

Tug'ilgan kuni:
22.06.1993 yil
Tug'ilgan joyi: Novi Sad - Serbiya
Ampluasi: himoyachi
To'p tepgan jamoalari: "Novi Sad" (Serbiya), "Bachka" (Serbiya), "Krupa" (Bosniya va Gertsegovina), Xayduk" (Serbiya), "Trayal" (Serbiya), "Ararat" (Armaniston), "Dinamo" (O'zbekiston)

Eslatib o'tamiz, Dushan yakunlangan mavsumda "Dinamo" tarkibida umumiy hisobda 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini ikki bor ishg'ol qildi.

Dushan Miyichning jamoamizdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz. Xush kelibsiz "Qizilqum" PFK ahil oilasiga!", - deb yozadi "Qizilqum" matbuot xizmati. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Қизилқум” матбуот хизмати