

Tayyorgarlik
"Nasaf" bilan bellashuvdan keyin jamoamiz seshanba kuni tiklanish mashg'ulotlariga kirishdi. Payshanba kuni ertalab Navoiy tomon yo'lga chiqiladi va futbolchilar o'yindan oldin o'sha yerda shug'ullanishadi. "Qizilqum" esa oxirgi uchrashuvini 2 kun vaqtliroq o'tkazdi.
Safardagi bahsda Javohir Sohibov diskvalifikaciya sababli yordam bera olmaydi.
Qarama-qarshilik
Oliy ligada mazkur jamoalar 32 bor to'qnash kelgan. "Paxtakor" 27 o'yinda g'alaba qozongan. 4 bahsda durang qayd etilib, bir marta "Qizilqum" zafar quchgan. "Sherlar" raqib darvozasiga 88 gol urib, 17 to'p o'tkazib yuborishgan. Navoiydagi 16 bellashuvning 14tasida "Paxtakor ustun kelgan va 2 bor durang kuzatilgan. Safardagi so'nggi 13 uchrashuvda jamoamiz g'alaba qozongan.
O'yin rasmiylari
Uchrashuvni Baxtiyor Namozov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Oliy ligada Namozov hozirgacha jamoamizning 4 o'yinida hakamlik qilgan va barchasida "Paxtakor" g'olib chiqqan.
"QIZILQUM" - "PAXTAKOR"
Hakamlar: Baxtiyor Namozov (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent), Ravshan Abduvohidov (Qarshi).
Nazoratchi: Shamil Jumaev (Shahrisabz).
O'zPFL vakili: Aleksey Frolov (Toshkent).
"Qizilqum" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi 5-tur o'yini 15 aprel, juma kuni 18:00da Navoiydagi "Yoshlik" stadionida boshlanadi.



