"Qizilqum" o'zbek futbolidagi yangi "nihol"ni transfer qiladi

31 yanv 2019, 14:18
Superliga tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'lgan Jasur Jaloliddinov "Qizilqum"ga o'tishga yaqin turibdi.

O'tgan mavsumda Mirjalol Qosimov qo'l ostida Superligada maydonga tushirilgan (16 yosh, 80 kun) Jasur Jaloliddinov "Bunyodkor"dan ketishi kutilmoqda.

Iqtidorli futbolchining xizmatlariga "Qizilqum" jamoasidan jiddiy qiziqish mavjud. O'tgan mavsumda Superligada eng yaxshi yosh futbolchi bo'lishga nomzodlar qatoriga kiritilgan Jaloliddinov asli navoiylik sanaladi. Hamidjon Aktamov mazkur futbolchini o'z shahriga qaytarmoqchi.

Tomonlar hozircha og'zaki kelishuvga erishishgan. Tez orada bitim rasmiylashtirilishi mumkin.

E'tiborlisi, mazkur yosh istedod sohibi ko'plab mutaxassislar tomonidan o'zbek futbolining kelajagi sifatida tilga olinmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia