"Qizilqum" o'tgan mavsum Xitoyda o'ynagan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2024, 17:24
Yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirayotgan "Qizilqum" navbatdagi transferini e'lon qildi.

Gruziyalik Elguja Lobjanidze Navoiy klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati e'lon qildi.

O'tgan mavsum Xitoyning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "Xeylunczyan" safida o'tkazgan hujumchi "Qizilqum" bilan 1 yillik bitimga imzo chekdi..


Elguja Lobjanidze haqida qisqacha:


- Tug'ilgan kuni: 17.09.1992 yil

- Tug'ilgan joyi: Gruziya - Tbilisi

- Poziciyasi: hujumchi 

To'p tepgan jamoalari: "Xeylunczyan" (Xitoy), "Meychjou" (Xitoy), "Qizil-Jar" (Qozog'iston), "Dinamo Batumi" (Gruziya), "Qaysar" (Qozog'iston), "Tobol" (Qozog'iston), "Rustavi" (Gruziya), "Shukura" (Gruziya), "Orenburg" (Rossiya).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/PFC_Qizilqum