"Qizilqum" nazorat o'yinida "Lokomotiv U21"ga mag'lub bo'ldi

Administrator
26 iyul 2024, 20:54
Navoiyliklar ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasida "Lokomoti" yoshlariga imkoniyatni boy berishdi.

Bugun "Lokomotiv" stadionida Sadriddin Abdullaev boshqaruvidagi "Lokomotiv U21 jamoasi "Qizilqum"ning asosiy tarkib futbolchilari bilan nazorat bahsi o'tkazdi.

Unda "Lokomotiv" yoshlari 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. "Loko" tarkibidan gollarni Mirjalol Norqobilov hamda Azamat Komilov kiritdi. "Qizilqum" tarkibidan esa Davron Anvarov gol muallifi bo'ldi.

"Lokomotiv U21" – "Qizilqum" 2:1

Gollar:  Mirjalol Norqobilov, Azamat Komilov, Davron Anvarov

"Lokomotiv": Danil Baklanov, Ozodbek O'ktamov, Artyom Miftiev, Chingiz Seytjanov, Shodiyor Shodiboev, Ibrohimjon Qurbonov, Shohruh Xudoyberganov, Asadbek Beglarxonov, To'lqin Ergashev, Mirjalol Norqobilov hamda ko'rikdagi futbolchi.

https://championat.asia/upload/storage/797397_original.jpg


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Локомотив" клуби матбуот хизмати