Qizilqum: Navbatdagi raqib - Neftchi jamoasi!

Narzulla Saydullayev
13 fev 2014, 22:52
Shu kunlarda Qizilqum jamoasi a'zolari o'quv-mashg'ulot yig'inini Toshkentda davom ettirmoqda.
Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazayotgan navoiyliklar ko'proq nazorat uchrashuvlari tashkil etishga alohida e'tibor qaratishyapti.
 
Yuriy Lukin shogirdlari 5 fevraldan poytaxt yig'iniga kirishgan bo'lsalar, hozirgacha to'rtta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdilar. Dastlab Olmaliq vakillariga imkoniyat boy berilgandi. So'ngra, konchilar Buxoro (1:1), Navbahor (1:0), Oqtepa (3:0) jamoalari bilan kuch sinashdilar.
 
Rejaga ko'ra, navbatdagi nazorat bahsi 14 fevralda o'tkaziladi. Unda Farg'onaning Neftchi futbolchilari Qizilqum jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv poytaxtimizdagi Oqtepa stadionida soat 10.45 da boshlanishi belgilangan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz