"Qizilqum" karantindan so'ng ketma-ket to'rtta o'yinda yutqazgan yagona klub

Xayrulla Xoliqov
3 iyul 2020, 12:54
Coca Cola Superligasida 7-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Uch oylik tanaffusdan so'ng yana restart olgan milliy chempionatimizda hozircha to'rt tur uchrashuvlari o'tkazildi. Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga karantindan so'ng hech omad kulib boqmayapti. 

Jamoada bosh murabbiy o'zgargan bo'lishiga qaramay, "Qizilqum" oxirgi 4 uchrashuvning barchasida imkoniyatni boy berdi. Buning ustiga navoiyliklar birorta to'p kirita olishmadi. "Qizilqum" o'z maydonida AGMK va "Paxtakor", safarda esa "Qo'qon-1912" va "Lokomotiv" bilan kechgan bahslarda mag'lub bo'ldi.

Oxirgi to'rt o'yinda to'plar nisbati 0-10 ko'rinish oldi. Bundan ko'rinib turibdiki, Tachmurad Agamuradov shogirdlari uchun hech bir bahs oson o'tmayapti. "Lokomotiv"ga qarshi bahsdan so'ng turkmanistonlik murabbiy avgust oyida ochiladigan yozgi tranfserlar paytida 7-8 futbolchi jamoa bilan xayrlashishini aytib o'tdi. Ko'ramiz, birinchi davradan so'ng "Qizilqum"da qanday o'zgarishlar bo'lar ekan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia