

Ayni paytda Navoiydagi Yoshlar sport majmuasi kassalarida o'yin chiptalari sotish qizg'in davom etyapti. Muxlislar uchun qulaylik VIP sektoridan tashqari barcha tribunalarga chiptalar bahosi bir xil narxda - 6000 so'mdan sotilmoqda.
Aksariyat ishqibozlarni bugungi o'yinni jamoalar qaysi liboslarda o'tkazishi qiziqtirishi tabiiy, albatta. Har ikkala futbol klublari rahbarlari kelishuviga muvofiq, mezbonlar ko'k-qizil, Buxoro jamoasi a'zolari esa oq libosda maydonga tushadilar.
Eslatib o'tamiz, Qizilqum - Buxoro uchrashuvi 30 aprel, yani bugun soat 19.00 da boshlanadi. Barcha muxlislarni Yoshlar sport majmuasi stadionida kutamiz.



