"Qizilqum" 4 futbolchisi bilan xayrlashdi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2026, 21:49
"Qizilqum" matbuot xizmati 4 futbolchi jamoadan ketganini ma'lum qildi.

"Yakunlangan mavsumda jamoamiz tarkibida to'p tepgan bir necha futbolchilarning shartnomasi o'z yakuniga etdi.

Darvozabon Sanjar Quvvatov, himoyachilar Dushan Miyich, Dilshod Komilov, yarim himoyachi Farhod Bekmurodov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yakunlangani bois ular faoliyatini boshqa jamoalarda davom ettirishadi.

Mazkur futbolchilarning keyingi faoliyatlarida omad tilab qolamiz. Barchasi uchun rahmat!", - deb yoziladi klub bayonotida.

Dilshod Komilov "Navbahor"ga o'tib bo'ldi. Sanjar Quvvatov esa yangi mavsumni "Paxtakor"da boshlashi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати