Vilfrid BONI
Qayerdan: "Suonsi"
Qaerga: "Manchester Siti"
Narxi: 32,3 million evro
26 yoshli ivuarlik futbolchi "Suonsi"dan "Siti"ga o'tdi. Boni "shaharliklar" bilan 2019 yilga qadar shartnoma tuzdi. Futbolchi hozirga qadar yangi klubida o'ynamadi, sababi terma jamoasi safida Afrika kubogida ishtirok etmoqda.
Gabriel PAULISTA
Qayerdan: "Vilyarreal"
Qaerga: "Arsenal"
Narxi: 15 million evro
24 yoshli markaziy himoyachining "Vilyarreal"ning yaxshi o'yinlarida xissasi bor. "Arsenal" ustozi Arsen Venger Gabrielga ishonishini ma'lum qildi. "Arsenal" tomonidan sotib olingan oldingi braziliyalik – Andre Santos edi. U Tumanli Albiondagi ikki yildan so'ng klubni tark etgandi. Gabriel o'zini qanday namoyon eta olarkin?
Viktor VALDES
Qayerdan: erkin agent
Qaerga: "Manchester Yunayted"
Valdesning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi iyulda tugagandi, ammo jarohati bor bo'lgan posbonni hech kim o'z safiga chorlagani yo'q. Kuzda Viktor "Liverpul"ga o'tishi mumkin edi. Ammo yakunda ispaniyalik posbon "iblislar" safiga o'tdi.
"Manchester Yunayted" Valdes bilan 18 oylik shartnoma tuzdi.
Jermeyn DEFO
Qayerdan: "Toronto"
Qaerga: "Sanderlend"
Narxi: Jozi Altidor
2013 yil yozida "Sanderlend" premer-liga tarixidagi eng yomon transferlardan birini amalga oshirdi – "qizil mushuklar" 13 million dollar evaziga amerikalik Altidorni sotib olishdi. U bir yarim yil ichida bitta gol urdi. Yanvar oyi boshida "Sanderlend" "Toronto"ga Altidorni 32 yoshli Jermeyn Defoga almashish taklifi bilan chiqdi. Klub esa bunga darhol ijobiy javob qaytardi. Defo ikkita o'yinda bitta gol urib bo'ldi.
Mark SHVARCER
Qayerdan: "Chelsi"
Qaerga: "Lester"
Narxi: bepul
Bu darvozabonning davri o'tib bo'ldi. 2013 yil yozida Shvarcer "Chelsi"ga o'tgan. O'sha paytda 40 yoshda bo'lgan posbon boshqa klubga o'tmasligi taxmin qilingandi. Ammo yanvarda avstraliyalik darvozabonga "Lester"dan taklif tushdi. "Ko'klar" jamoadagi uchinchi darvozabon uchun bir tiyin ham so'rashmadi. Shvarcer "tulkilar" safida debyut qildi. U Yevropa kuchli chempionatida maydonga tushgan eng qari o'yinchiga aylandi - 42 yosh va 118 kun.
Shola AMEOBI
Qayerdan: erkin agent
Qaerga: "Kristal Pelas"
"Nyukasl" afsonasi o'tgan yil Turkiyaning "Gaziantep Byuyukshexir Belediespor" klubiga o'tib ketgandi. Biroq, tezda Ameobi uyini sog'inib qoldi va agentiga yangi variantlarni so'ragandi. "Nyukasl"ga qaytishning imkoni bo'lmadi. "Vest Bromvich" va "Kristal Pelas" o'rtasidagi "jang"da London klubi g'olib chiqdi. Endi Angliyada quyidagi hazil ommabop: "Real"da Ronaldu, Benzema va Beyl, "Barselona"da Messi, Suares va Neymar, "Kristal Pelas"da esa Yaya Sanogo, Shamax va Ameobi bor"...
Xuan KUADRADO
Qayerdan: "Fiorentina"
Qaerga: "Chelsi"
Narxi: 33,4 million evro
"Volfsburg"ga o'tgan Andre Shyurrlening o'rniga "Chelsi" kolumbiyalik Xuan Kuadradoni sotib oldi. "Fiorentina"ning sobiq futbolchisi "Chelsi"da 74-raqam ostida o'ynaydi. Futbolchi 2014 yilgi Jahon chempionatida to'rtta golli pas bilan bu borada eng yaxshi natija qayd etgandi.
sport-express.ru saytidan olindi
Narzulla Saydullaev tayyorladi