Qirg'iz Respublikasi to'purari "Navbahor" bilan mashg'ulot o'tkazmoqda

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2022, 01:42
Qirg'iz Respublikasi vakili Mirlan Murzaev "Navbahor" klubi bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazmoqda va tez orada shartnoma imzolashi mumkin.

Hujumchi faoliyati davomida o'z mamlakatidan tashqari Rossiya, Isroil, Turkiya, Hindiston mamlakatlari klublarida o'ynagan. Uning oxirgi jamoasi Bishkekning "Alga" klubi sanaladi.

Murzaev terma jamoa safida hozirgacha 50 o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan. Shu jumladan, "Navruz cup-2022" turnirida hujumchi O'zbekiston terma jamoasi darvozasini ishg'ol qilgan.

Ayni damda namanganliklar O'zbekiston Superligasida birinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/kyrgyzfootball