Qirg'iz Respublikasi termasi sobiq bosh murabbiyi "Alga"ni boshqaradi

Mirjalol Normatov
10 iyul 2025, 23:25
Qirg'iz Respublikasining "Alga" jamoasi yaqin kunlarda yangi bosh murabbiyini e'lon qiladi.

Unga ko'ra, mamlakat termasining sobiq bosh murabbiyi rossiyalik Maksim Lisicin ushbu jamoa boshqaruvini qo'liga oladi.

Ayni paytga kelib Qirg'iz Respublikasi chempionatida ham birinchi davra yakunlangan. 13 turdan keyin "Alga" jamoasi 4 g'alaba, 1 durang va 8 mag'lubiyat qayd etgan holda 13 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi.

Qirg'iz Premer-ligasidan faqatgina bir jamoa quyiga tushib ketadi.

Ma'lumot uchun, Lisicin 2023-2025 yillarda Qirg'iz Respublikasi termasini boshqardi. Uning qo'l ostida jamoa 14 o'yinda 3 g'alaba, 2 durang va 9 mag'lubiyat qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia