Qaytish yaqinmi? Klopp dunyoning eng kuchli jamoalaridan birini boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
13 noya 2025, 11:15
Afsonaviy Yurgen Klopp murabbiylikka qaytish ehtimoli bor.

"El Nacional" nashrining xabar berishicha, germaniyalik murabbiy "Real" tomonidan amaldagi bosh murabbiy Xabi Alonsoning o'rinbosari sifatida ko'rib chiqilmoqda.

Alonso "Real" rahbariyatida bazi shubhalarni uyg'ota boshlagani takidlanmoqda. Florentino Peres jamoaning so'nggi natijalaridan, shuningdek, murabbiyning jamoaning bazi yetakchilari, masalan, Vinisius Junior bilan yomon munosabatlaridan xavotirda.

"Real" prezidenti jamoa Alonsoni qo'yib yubrishga qaror qilsa, Kloppni asosiy nomzod deya ko'rsatdi.

Klopp 2015 yildan 2024 yilgacha "Liverpul"da ishlagan va Premer-ligada g'olib chiqqan. U 2025 yil yanvar oyidan beri "Red Bull"ning global futbol bo'yicha rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional