Qaysi klublar Fatiga shartnoma taklif qilgani ma'lum bo'ldi

Alisher
22 okt 2021, 15:17
PSJ, "Manchester Yunayted" va "Liverpul" "Barselona" vingeri Ansu Fatiga shartnoma taklif qilishdi.

Ularning barchasi kataloniyaliklardan ko'proq pul to'lashga tayyor edilar. Ammo, o'yinchi "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Fati endi "Barselona" bilan 2027 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga ega. 18 yoshli vingerning tovon puli 1 milliard evroga teng.

Oldinroq, ispanning o'zi unda APLdan takliflar bo'lganini tasdiqlagandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: COPE