Qatar yulduzlar ligasi, 14-tur. "Al Jayish"da g'alaba, Rashidov 65 daqiqa o'ynadi

22 dek 2015, 22:45
Qatar yulduzlar ligasining 14-turidan o'rin olgan "Al Ahli" - "Al Jayish" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "Al Jayish" Hamdallah tomonidan urilgan gol evaziga g'alabaga erishdi - 1:0. Sardor Rashidov 65-daqiqada o'z o'rnini sherigiga bo'shatib berdi.

O'z ochkolarini 29taga etkazib olgan klub 2-o'ringa chiqib oldi. "Jayish" keyingi uchrashuvni 3 yanvar kuni safarda "Al Sayliya"ga qarshi o'tkazadi.

Qatar yulduzlar ligasi, 14-tur.

"Al Ahli" - "Al Jayish" 0:1
Gol
: Hamdallah (4)
"Al Jayish": N`Diaye, Ali Sanad, Naji Husseyn, Muftah, Issa (Al Mulla, 86), Sardor Rashidov (Vagner Ribeyro, 65), Zreyki, Al Jabri, Majid Muhammad, Romarino (Volid Mansur, 90+2), Hamdallah.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia