"Qatar SK" 1-turda mag'lub bo'ldi, Sardor Rashidov qaydnomaga kiritilmadi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2019, 10:53
Kuni kecha Qatar Yulduzlar ligasida yangi mavsum start oldi.

Chempionatning 1-turida "Qatar SK" klubi o'z maydonida "Al Duhail" klubini qabul qildi. Dastlab mezbonlar vakili Junior Kabanangan hisobni ochdi. Uchrashuv tugashiga 2 daqiqa qolganida mana shu hisob saqlanib turgan edi. Biroq Yussuf Msakni va Almoez Ali tomonidan urilgan gollar "Al Duhail"ga safarda irodali g'alaba keltirdi - 2:1.

Mazkur o'yinda hamyurtimiz Sardor Rashidov ishtirok etmadi. Ispaniyalik Karlos Alos uni qaydnomaga kiritmadi. "Qatar SK" navbatdagi uchrashuvni 29 avgust kuni "Al Vakra"ga qarshi o'tkazadi.



Qatar Yulduzlar ligasi. 1-tur
"Qatar SK" - "Al Duhail" 1:2
Gollar:
Junior Kabananga 60 - Yussuf Msakni 88, Almoez Ali 90+2.


[instagram]

   [/instagram]

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia