Qatar O'zbekistonni mag'lub etgan murabbiyini iste'foga chiqardi, yangi sarbon ham ispaniyalik

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024, 14:14
Qatar futbol assotsiatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Tintin Markes Lopesni iste'foga chiqardi.

Qatar ushbu mutaxassis qo'lostida Osiyo kubogida zafar quchgan edi.


Qatar terma jamoasiga yangi murabbiy ham tayinlandi. Bugungi kungacha Tintin Markesga yordamchi bo'lib ishlab kelgan ispaniyalik Luis Garsiya Qatar terma jamoasining yangi ustoziga aylandi. 43 yoshli mutaxassis 2023 yilda Ispaniyaning "Espanol" klubini ham boshqargan.


Eslatib o'tamiz, Qatar 14 noyabr kuni o'z uyida O'zbekistonni 3:2 hisobida mag'lub etganidan keyin 19 noyabr kuni Abu Dabida BAA terma jamoasidan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/QFA