Qatar chempionatini 1 oyda yakunlashmoqchi

Mirjalol Normatov
17 may 2020
Qatar futbol associaciyasi mavsum 24 iyulga qadar kechiktirilganligini ma'lum qildi.

Ushbu mavsum esa 26 avgustda yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Umuman olganda mamlakatdagi holat sababli buni to'g'ri qaror deyish mumkin. Shunday qarorlar Quvayt, Bayhrayn va BAA kabi qo'shni davlatlarda ham qabul qilingan.

Qatar Yulduzlar ligasining 17 turi ortda qolgan. Jamoalar yana 5tadan uchrashuv o'tkazishlari kerak. Ayni paytda turnir jadvalida "Al Duhayl" 42 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Al Rayyan" hisobida esa 38 ochko bor. 32 ochko to'plagan "Al Sadd" kuchli uchlikni yopib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Алишер Никимбаев телеграм канали