Qatar bugun Shveytsariyada Iordaniya bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2016, 14:56
JCH-2018 saralashida O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan Qatar terma jamoasi Shveytsariyadagi yig'inni davom ettirmoqda.

Bugun Daniel Karreno boshchiligidagi jamoa Cyurix shahrida Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.  Qatar terma jamoasi 20 avgust kuni Yevropadagi yig'inni yakunlab Doxaga qaytadi.

25 avgust kuni "Al Sadd" stadionida Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Qatar 1 sentyabr kuni Eron mehmoni bo'ladi va 6 sentyabr kuni o'z maydonida O'zbekiston bilan o'ynaydi.

Shveytsariyadagi yig'inda ishtirok etayotgan futbolchilar ro'yxati: Klod Amin Lekomt, Xolid Mufta, Ahmad Yossir, Muhammad Musa, Abdul Rahmon Muhammad, Ismoil Muhammad, Luiz Martin, Muhammad Abdulloh, Muhammad Muntari, Karim Budiaf, Muaz Ali, Hassan Al Haydos, Saad Al Shib, Karim Hassan, Ali Asad, Muhammad Kasola, Ibrohim Majid, Pedro Migel, Sebastyan Soria, Umar Barri, Rodrigo Tabata, Ahmad Alaa, Abdulrahmon Abakr, Ahmad Abdul Maqsud, Xalifa Abubakr, Bualim Xuxi, Meshal Abdulloh, Akram Afif.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia