Qatar. Bezerraning dubli Sardor Rashidov va "Qatar SK"ni mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
29 fev 2020, 20:53
Qatar chempionatining 16-turida Sardor Rashidov o'ynayotgan "Qatar SK" jamoasi "Al Xor" maydoniga safar uyushtirdi.

Uchrashuvda "Paxtakor"ning sobiq futbolchisi bo'lgan Tiago Bezerra dubl qayd etdi va jamoasiga 6 o'yinlik g'alabasiz seriyasiga yakun yasashiga ko'mak berdi. Sardor Rashidov harakat qilayotgan "Qatar SK" esa 9 o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti.

"Al Hor" - "Qatar SK" 2:0

Gollar: Bezerra 86-pen, 90+5

"Al Hor": Geye, Michel, Abdulmajid, Muborak, Mitvali, Xamudan (Moxanadi, 90+4), Amada (Braxmi, 64), al-Jabriy, al-Axrak, Bezerra, Lukka (Radvan, 89).

"Qatar SK": al-Xail, Xarun, Galvez, al-Rabei (Odil, 88), al-Hayatiy, Mansur, Duzandex (Abdulfattox, 88), Barraxma, Kayke, Rashidov, Palangi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia