Qatar AQSH prokraturasining xulosasiga qarshi

7 apr 2020, 23:23
Qatar 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlariga mezbonlik qiladigan mamlakatlarni saylashda FIFA ijroiya qo'mitasi a'zolarining pora olgani to'g'risidagi ish bo'yicha Amerika prokraturasining xulosasiga qarshi chiqishni rejalashtirmoqda.

"Katarning loyihalar va meros bo'yicha Oliy qo'mitasi 2020 yilning 6 aprel kuni Qo'shma Shtatlarda e'lon qilingan sud hujjatlaridagi ayblovlarni qatiyan rad etadi. 

"Bu ham uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan ishlarning bir qismidir. Yillar davomida yolg'on davolarga qaramay, Qatar 2022 yilgi jahon kubogini o'tkazish huquqini etika qoidalariga zid ravishda yoki mezbon davlatlarning qatiy saylov qoidalariga zid keladigan vositalar bilan olgani to'g'risida dalillar keltirilmadi.

Oliy Qo'mita mezbonlik saylovini o'tkazish jarayoni bilan bog'liq barcha qoidalarga qatiy rioya qilinganini tasdiqlaydi, aksincha har qanday bayonotlar mantiqiy emasligi va jiddiy tortishuvlarga sabab bo'ilishini takidlaydi", – qo'mita matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarda.

FIFA sobiq vice-prezidenti JCH-2018 mezbonini tanlash uchun 5 mln dollar olgan, yana bir amaldorga esa pora taklif qilingan

O'xshash yangiliklar


Manba: ТАСС