FIFA sobiq vice-prezidenti JCH-2018 mezbonini tanlash uchun 5 mln dollar olgan, yana bir amaldorga esa pora taklif qilingan

Eldor Akmurzayev
7 apr 2020, 20:53
AQSH Adliya vazirligi FIFA ijroiya qo'mitasi vakillariga 2018 hamda 2022 yilgi jahon chempionatlariga Rossiya va Qatarni mezbonligi ovoz bergani uchun pora olganligi haqda bayonot berdi.

Xabarda keltirilishicha, FIFA sobiq vice-prezidenti Trinidad va Tobagodan bo'lgan Jek Uorner Rossiyaga ovoz berishi uchun sotib olingan. Shuningdek, yana bir amaldor Gvatemaladan bo'lgan Rafael Salgeroga pul taklif etilgan.

JCH-2022'ga mezbonlik qiluvchi davlatga ovoz berish jarayonida, Braziliya futbol konfederatsiyasi sobiq rahbari Rikardo Teysheyra, 2019 yilning avgustida vafot etgan Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi sobiq prezidenti Nikolas Leos (Paragvay) va yana bir ismi oshkor qilinmagan shaxs pora olgan.

Jek Uorner esa 5 million dollarga ega bo'lgan. Salgeroga 1 mln taklif qilingan. Adliya vazirligining ayblovida Rafaelning mazkur summani olgan yo olmagani to'g'risida hech narsa keltirilmagan.

2010 yil noyabr hamda 2011 yil aprel oylarining o'rtasida Uorner 20dan ortiq pul o'tkazmalari orqali 5 mln.ga ega bo'ldi. To'lovlar Kipr va Britaniyaning Virjiniya orollarida ro'yxatga olingan ofshor kompaniyalari orqali amalga oshirilgani aniqlandi.

Shuningdek, hisobotda, Vernerning assistenti 2010 yil noyabrida uning sherigidan elektron pochta orqali xabar olgani, unda ismi oshkor qilinmagan shaxs Uornerga “kelishilgan ishni bajarishi kerakligi” haqida maslahat bergani ma'lum bo'ldi.

2015 yil Uornerga futbol bilan bog'liq har qanday soha bilan shug'ullanish taqiqlab qo'yilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: justice.gov