Qatar Amiri Kubogi finali yangi qurib bitkazilgan stadionda o'tkaziladi

Xayrulla Xoliqov
26 apr 2019
16 may kuni Qatarda Amir Kubogi finali bo'lib o'tadi.

O'yin jahon chempionati uchun qurib bitkazilgan muhtasham "Al Vakra" stadionida tashkil etiladi. Ma'lumot uchun, bu arena 40 ming muxlisga mo'ljallangan, shuningdek maydon chimi rekord vaqt ichida - 9 soat-u 15 daqiqada yotqizib chiqilgan.

Qatar chempionatida kuchli to'rtlikdan o'rin egallagan: "Al Duhayl", "Al Sadd", "Al Sayliya" va "Al Rayan" to'g'ridan-to'g'ri chorak finalga yo'l olishdi. Qolgan sakkizta jamoa esa uchinchi raunddan kurashga kirishadi. Eslatib o'tamiz, Amir Kubogining amaldagi sohibi "Al Duhayl" hisoblanadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com