Qarshidan gapiramiz va ko'rsatamiz

Narzulla Saydullayev
9 noya 2024, 12:42
Bugun Qarshi shahrida katta bayram.

O'zbekistonning yangi chempioni "Nasaf" klubi o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qiladi. 

Soat 17-00 da boshlanadigan o'yin tugagach "Nasaf" klubiga O'zbekiston chempionlariga atalgan maxsus kubok topshiriladi. 

Mazkur bahsni yoritish va Ro'ziqul Berdiev bilan intervyu tashkil etish uchun ijodiy jamoamiz bilan biroz biroz avval Toshkentdan Qarshiga yetib keldik. Nasib qilsa, championat.asia saytida eksklyuziv kadrlarni taqdim etib boramiz. 

Qarshi shahrida futbol muxlislarini uchratdim. Bugungi o'yinga albatta borishlarini va sevimli klublarini bayramiga sherik bo'lishlarini aytishdi. Stadionga kirish bepul ekanini bilishganidan keyin shu ishni qilganning otasiga rahmat deb qo'yishimni tayinlashdi. 

Demak, bugun barcha yo'llar Qarshidagi "Markaziy" stadionga eltadi. 



Narzulla Saydullaev Qarshi shahridan 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia