Qarshida plyaj futboli bo'yicha VIII O'zbekiston Kubogi start oladi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2014, 11:36
16-19 iyul kunlari Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida plyaj futboli bo'yicha VIII O'zbekiston Kubogi bahslari bo'lib o'tadi.
Musobaqada 7 ta jamoa bosh mukofot uchun bahslarga kirishadi.

E'tiborlisi, ishtirokchi jamoalar 5 tasi Qashqadaryo viloyati sharafini himoya qiladi. “Nasaf”dan tashqari, “Sho'rtan”, “Mashal”, “Do'stlik”, shuningdek, Tolimarjon TES jamoasi ham O'zbekiston Kubogida qatnashadi.

Voha jamoalariga “Kogon” (Buxoro viloyati) va “Lokomotiv” (Toshkent) klublari raqobatchilik qiladi. 20-24 iyul kunlari esa aynan Qarshi shahrida VII O'zbekiston chempionati ham o'tkaziladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com