
“PSJ” klubi rahbariyati, klubning o'ng qanot himoyachisi Gregori van der Vilni “Inter”ga sotishga tayyor turibdi.
Shu sababli uning o'rniga himoyachi qidirmoqda. Bu borada klub “Arsenal” klubi himoyachisi Bakari Sanya va “Ayaks” himoyachisi Rikardo van Reynlar bilan qiziqib kelmoqda, deb xabar beradi Le Parisien.
Eslatib o'tamiz, Sanyaning “Arsenal” bilan tuzgan shartnomasi 2013/14 yil mavsumi tugashi bilagn o'z nihoyasiga etadi.