PSJ Azar uchun 66 million funt taklif qilmoqchi
Narzulla Saydullayev
22 yanv 2014, 12:42
France Football nashrining xabariga ko'ra, Fransiyaning PSJ klubi Londonning "Chelsi" klubining hujumkor yarim himoyachisi Eden Azarga qiziqmoqda.
Parijliklar belgiyalik futbolchi uchun 66 million funt taklif qilmoqchi. Bu transfer amalga oshishi mumkin. Azarning yaqinlari futbolchi Fransiya chempionatiga qaytmoqchi ekanini ma'lum qilgan.