"PSSI-2018". O'zbekiston OTJ Indoneziya bilan ham durang o'ynadi

Tolibjon Qosimov
4 may 2018, 16:24
Futbol muxlislariga yaxshi ma'lumki, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2018 yilning 27 aprelidan 3 mayigacha Indoneziyaning Chibinong shahrida Indoneziya futbol Assotsiatsiyasi tashkil etilganining 88 yilligiga bag'ishlangan “PSSI 2018 –kubogi”da ishtirok etdi.

3 may kuni ushbu musobaqada O'zbekiston OTJ so'nggi o'yinini Indoneziya olimpiya terma jamoasiga qarshi o'tkazdi. Murosasiz kechgan ushbu bahs 0-0 hisobidagi durang bilan yakun topdi. Ushbu durangdan so'ng O'zbekiston OTJ musobaqani 3 ochko bilan 2 o'rinda yakunladi. 2ta g'alaba va 1ta durangga erishgan Bahrayn jamoasi 7 ochko bilan musobaqa g'olibiga aylandi.

“PSSI-2018” xalqaro musobaqasi
Indoneziya OTJ – O'zbekiston OTJ 0:0

Indoneziya OTJ: Juni Antara, Adi Nugroxo, Muhammad Xargianto, Pong Babu, Febri Xariyadi, Fajrin Saputra, Zulfiandi, Yama Pranata, Osvaldo Artiles (Kvan Adsit, 70), Andritani (Setxo Raxario, 7), David Maulana (Evan Dimas, 81).

O'zbekiston OTJ: Umidjon Ergashev, Hojiakbar Alijonov, Sharof Muxitdinov, Nurillo To'xtasinov (Alikulov Xusniddin, 73), Islom Kenjaboev, Suxrob Nurulloev (Sanjar Qodirqulov, 57), Andrey Sidorov, Azizbek Amonov (O'lmasaliev Avazbek, 85), Doniyorjon Narzullaev, Ilxomjon Alijonov, Xusniddin G'ofurov.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com