“PSSI - 2018” xalqaro musobaqasi. O'zbekiston OTJ – KXDR OTJ 2:2

Narzulla Saydullayev
27 apr 2018, 17:13
Futbol muxlislariga ma'lumki, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2018 yilning 27 aprelidan 3 mayigacha Indoneziyaning Chibinong shahrida Indoneziya futbol assotsiatsiyasi tashkil etilganining 88 yilligiga bag'ishlangan “PSSI 2018" yubiley Kubogida ishtirok etishini ma'lum qilgan edik.

Bugun O'zbekiston OTJ ushbu musobaqadagi dastlabki o'yinda KXDR olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Murosasiz kechgan ushbu bahs 2-2 hisobidagi jangovar durang bilan yakun topdi. Gollarni O'zbekiston OTJ tarkibida Hojiakbar Alijonov va Andrey Sidorov kiritishdi. O'zbekiston OTJning ikkala goliga ham Sanjar Qodirqulov assistentlik qildi.

O'zbekiston OTJ keyingi o'yinini 30 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da Bahrayn OTJga qarshi o'tkazadi.

O'zbekiston OTJ – KXDR OTJ 2:2
Gollar: 
Hojiakbar Alijonov (8), Andrey Sidorov (25) - Jo Sol Song (32), Jo Sol Song (86).

O'zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Hojiakbar Alijonov, Ilxomjon Alijonov, Xusniddin G'ofurov, Sharof Muxitdinov, Doniyorjon Narzullaev, Sanjar Qodirqulov (Suxrob Nurulloev, 46), Nurillo To'xtasinov, Abdulla Abdullaev (Abubakr Muydinov, 90+2), Andrey Sidorov, Islom Kenjaboev (Azizbek Amonov, 76).

KXDR OTJ: Kim YU Li, Jong Tong Chol, An Song Li, Kim Nam Li, Song Kum Song, Kim Chung Li (So Jin Xyok, 46), Jon Se Gye, Kim Kum Chol, Kang Kuk Chol (Ri Chung Gyu, 72), Jo Sol Song, So Jong Xyok (Jong Kum Song).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com