“PSSI-2018”. O'zbekiston OTJ Bahrayn bilan o'yinda 3:3 hisobida durang qayd etdi

Narzulla Saydullayev
30 apr 2018, 17:49
Indoneziyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun musobaqa doirasidagi ikkinchi uchrashuvni Bahrayn terma jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Uchrashuvda Ravshan Haydarov shogirdlari 3:3 hisobida durang qayd etishdi. Terma jamoamiz tarkibida gollarni Azizbek Amonov, Husniddin G'ofurov va Sanjar Qodirqulovlar kiritishdi.

Musobaqaning birinchi o'yinida KXDR terma jamoasiga qarshi bahs olib borgan olimpiya terma jamoamiz 2:2 hisobida durang qayd etgandi.

“PSSI-2018”

O'zbekiston OTJ – Bahrayn OTJ 3:3

Gollar
: Azizbek Amonov (44), Husniddin G'ofurov (72), Sanjar Qodirqulov (90+3) - Hoshim Hoshim (35, pen.), Muhammad Marhun (51, 58).

O'zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Sharof Muhitdinov, Suhrob Nurulloev, Nurillo To'xtasinov, Islom Kenjaboev, Hojiakbar Alijonov, Andrey Sidorov, Azizbek Amonov, Doniyor Narzullaev, Husniddin G'ofurov, Ilhom Alijonov.

Bahrayn OTJ: Sayid Muhammad Subhar, Ahmad Bugammar, Husayn Sabba, Muhammad Marhun, Abdulaziz Almansuriy, Hasan Alkarrani, Hoshim Hoshim, Jasim Alsalama, Adnan Alshirah, Abbos Alasfur, Yusuf Shabaan.

Hakam: Yudi Nurchaya (Indoneziya)

Endi 3 may kuni O'zbekiston OTJ musobaqa mezboni Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.

03.05.2018 Indoneziya - O'zbekiston 17:30

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com