

Musobaqa 2026 yilning 9–17 noyabr kunlari FIFA kunlari doirasida tashkil etiladi. E'tiborlisi, ushbu nufuzli o'rtoqlik turnirida Osiyo kubogining muntazam ishtirokchilari bo'lgan to'rtta terma jamoa: O'zbekiston, O'mon, Bahrayn va Tailand terma jamoalarining qatnashishi kutilmoqda.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy yoki boshqa yoshdagi jamoaning ishtirokini hozircha tasdiqlamagan.




