PSJning yangi bosh murabbiyi bo'lish uchun ikki nomzod nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
21 fev 2020, 21:55
Yangi mavsumda PSJni boshqa murabbiy boshqarishi mumkin.

Ayni damda bosh murabbiy Tomas Tuxelning kelajagi so'roq ostida turibdi. 

Italiyalik jurnalist Nikolo Skira taqdim qilgan ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda parijliklar bosh murabbiyi bo'lish uchun Massimiliano Allegri asosiy nomzod bo'lib turibdi. Shuningdek, Parij klubi ayni damda Mauricio Sarrini ham kuzatib borishmoqda. Agarda u ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Yuventus"ni tark etsa, katta ehtimol bilan kelasi mavsumda aynan parijliklarni boshqaradi.

Tuxel 2018 yilning mayida PSJ bilan 2 yillik shartnoma imzolagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport