

Ma'lum bo'lishicha, PSJ Mauro Ikardini to'liq sotib olish yuzasidan “Inter”ga rasmiy taklif bildirgan. Parijliklar Ikardi uchun 50 mln evro to'lashga tayyorligini, shuningdek, yana 10 mln evro bonus sifatida to'lanishi mumkinligini ma'lum qilgan. “Inter”ga esa bu taklif maqul kelmagan. Milanliklar hech qanday bonuslarsiz 70 mln evro talab qilgan.



