PSJning Mbappe bilan ishlari yakunlanmagan ekan

Mirjalol Normatov
12 sen 2024, 21:21
PSJ futbol klubi Kilian Mbappe oldidagi qarzlarini yopishi kerak.

Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Real"ga o'tib ketgan futbolchi PSJdan shartnomasi bo'yicha soliqlardan tashqari bo'lgan so'nggi 3 oylik maoshi - 55 mln evroni talab qilayotgani borasida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Ayni kunlarda bu summa to'lanmagan holatda turibdi.

Kecha Fransiya professional futbol ligasi yuridik qo'mitasi klubga bu holatni tezroq bosti-bosti qilishni topshiriq sifatida yukladi. Futbolchi esa pullarni talab qilishda davom etmoqda.

Yaqin 8 kun ichida PSJ Kilian Mbappe oldidagi qarzlarini yopishi shart bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien