PSJning janubiy amerikalik o'yinchilari Veynaldumning moslashishiga yordam berishmayapti. Uni Paredesning raqobatchisi sifatida qabul qilishmoqda

Alisher
29 okt 2021, 16:28
Yarim himoyachi Jorjino Veynaldumning PSJdagi adaptaciya jarayoni qiyin kechmoqda.

Janubiy amerikalik futbolchilar Niderlandiya terma jamoasi xavbekiga mashg'ulotlar paytida unchalik ham yordam berishmayapti.

Bunga sabab, ushbu o'yinchilar Veynaldumning argentinalik yarim himoyachi Leandro Paredesga raqobat qilishidan xavfsirashmoqda.

Veynaldum joriy mavsum Liga 1 doirasida 10ta o'yinda maydonga tushdi va faqatgina ularning ikkitasida to'liq harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: GFFN