PSJni tark etadigan futbolchilar ma'lum bo'ldi

6 yanv 2020, 09:05
Parijliklar tarkibda tozalash qiladi.

PSJ maoshlar sarfini kamaytirish maqsadida tarkibda katta o'zgarishlarni amalga oshiradi. Klub buning uchun yanvardayoq ishga kirishishni niyat qilgan. Unga ko'ra, jamoani himoyachilar Kerer hamda Toma Mene, yarim himoyachilar Leandro Paredes, Yulian Draksler, Ander Errera, Idrissa Guye hamda hujumchi Edinson Kavani tark etadi.

Ushbu futbolchilar transferidan PSJ 150 mln evroga ega bo'lishni ko'zlagan. Biroq PSJ rahbarlari yanvarda katta xaridlarni amalga oshirmasligini ham ta'kidlab o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es