PSJga Marushich kerak

20 apr 2020, 01:31
Rimning "Lacio" klubi yarim himoyachisi Adam Marushich faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Unga PSJ da'vogarlik qilmoqda. "La Gazzetta Dello Sport" nashri xabariga ko'ra, Parij klubi futbolchi uchun 20 million evro taklif qiladi. Marushichning "Lacio" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi. U joriy mavsumda 10ta o'yin o'tkazdi va 2 golga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta Dello Sport