PSJdagilar Tuxeldan YCHLda natija ko'rsatishini talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
15 noya 2020, 15:45
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel va rahbariyat o'rtasida munozara bo'lmoqda.

"Goal" xabariga ko'ra, murabbiy va klub sport direktori Leonardo gaplashmay qo'ygan. Chunki Leonardo milliy chempionat o'yinlariga e'tibor bermayapti va faqatgina YCHLda natija talab qilmoqda. PSJ esa ushbu mavsum YCHLda ikki marta mag'lub bo'lishga ulgurdi.

Liga 1da esa parijliklar 10 turdan keyin "Lill"ni 5 ochkoga ortda qoldirgan holda yetakchilik qilmoqda. Tuxel 2018 yilda PSJ boshqaruvini qo'liga olgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal