PSJ yozda amalga oshmagan transferga yanvarda urinib ko'radi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2022
Parij klubi Milanning "Inter" jamoasi a'zosi Milan Shkrinyarni qo'lga qiritishga qishda ham harakat qiladi.

Fransiya klubi slovakiyalik himoyachi uchun 60 mln evro taklif qilgan edi, biroq 27 yoshli futbolchi uchun 80 mln evro istagan "neradzurri" buni rad etdi. 

Endi Liga 1 chempionlari yanvardagi transferlar oynasida himoyachi uchun 30 millionlik taklif tayyorlashmoqda.

Shkrinyarning amaldagi jamoasi bilan bitimi 2023 yilning yozida yakun topadi va u klub bilan yana hamkorlik qilishni istamayapti. 

"Inter" o'yinchining tekinga boshqa klubga o'tib kyetishiga qo'yib bermaslik uchun PSJning taklifini qabul qilishi mumkin.

Italiya klubi himoyachini sotmay saqlab qolib shartnomasi tugashiga qadar uni uzaytirishga ko'ndirishga umid qilgan edi. Biroq bu haligacha amalga oshgani yo'q.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN