PSJ yangi mavsum uchun bosh murabbiyni aniqlab oldi

Mirjalol Normatov
4 iyun 2023
PSJ yangi mavsumda Luis Enrikeni jamoa boshqaruviga olib kelmoqchi.

Fransiya klubi Kristof Galte qo'l ostidagi jamoaning ushbu mavsumdagi natijalaridan xafsalasi pir bo'lgan. Chunki klub rahbariyati Galtega YCHLda g'olib bo'lish vazifasini qo'ygandi.

Klubning qatarlik egalari va Luish Kampush yangi mavsum uchun Luis Enrikeni ideal nomzod sifatida ko'rishmoqda. U bilan muzokaralar ham boshlab yuborilgan.

Klub bunga qadar Joze Mourinyu va Tiago Motta nomzodini ham ko'rib chiqqandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal