

L’Equipe bergan ma'lumotlarga ko'ra, klublar uning transferini 36 million evroga kelishishdi. Kelishuv yangi yilga qadar rasmiylashtirilishi ko'zda tutilmoqda.
23 yoshli yarim himoyachi PSJ tarkibida qishki transfer oynasi paytida kelib qo'shilgan ilk futbolchi bo'ladi.
PSJ shuningdek jamoa hujumchisi Edinson Kavaniga o'rinbosar sifatida foydalanish uchun yana bir hujumchini tarkibiga qo'shib olish ilinjida.



