PSJ va "Chelsi" Maxrezga qiziqmoqda

Alisher
9 mar 2022, 11:01
"Manchester Siti" forvardi Riyod Maxrez yozda Manchester klubidan ketishi mumkin.

Futbolchiga "Chelsi" va PSJ klubi qiziqish bildirmoqda.

Parijliklar Maxrezni yarim himoyachi Anxel Di Mariyaga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. Oldinroq ular xavbek bilan shartnoma imzolashga urinishgan edi. Ehtimoliy transfer 30-40 mln evroga baholanmoqda. Jazoirlikning "Man Siti" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

31 yoshli futbolchi joriy mavsum 33ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato