PSJ "Tottenxem" futbolchisi uchun 100 mln. funt bermoqchi

Aslanov Jasurbek
14 avg 2018, 14:58
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen Fransiya chempioni PSJ e'tiboriga tushib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyaliklar Daniya terma jamoasi yetakchisini xarid qilish uchun yirik mablag' sarflashga tayyor, chunki "shporlar" u bilan xayrlashmoqchi emas. PSJ yaqin vaqt ichida "Tottexem"ga 100 mln. funt (112 mln. evro)lik taklif yuboradi. Ayni damda London klubi vakillari Eriksen bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazishmoqda.

Oldinroq, "Real" Eriksenga qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express